🚀 Dori Darmon dasturi V1.0.5.047 versiyasiga yangilandi!
Hurmatli Dori Darmon dasturi foydalanuvchilari!
Dasturimizning V1.0.5.047 yangi versiyasi foydalanishga topshirildi. Ushbu yangilanishda dorixonalardagi ish jarayonini yanada qulaylashtiradigan yangi imkoniyatlar qo‘shildi.
Yangi imkoniyatlar:
✔️ Savdo oynasida dorilarni filiallararo qidirish funksiyasi qo‘shildi.
✔️ Endi kerakli dorini boshqa filiallardan ham tez va qulay tarzda qidirish mumkin. Dori nomini to‘liq yoki qisman kiritish orqali mos dorilarni topish va ularning qoldig‘i, savdo narxi, yaroqlilik muddati hamda filial manzili haqida ma’lumot olish mumkin.
✔️ TTN (Tovar-transport yuk xati) hujjatini Didox’da avtomatik shakllantirish imkoniyati qo‘shildi.
📌 Yangi imkoniyatlardan foydalanish uchun dasturingizni V1.0.5.047 versiyasiga yangilashingizni tavsiya qilamiz!
🚀 Dori Darmon dasturi V1.0.5.047 versiyasiga yangilandi!